Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Armaniston AES bo‘yicha strategik qaror qabul qildi

Armaniston AES bo‘yicha strategik qaror qabul qildi

Armanistonda modulli AES quriladi.

Armaniston modulli atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha strategik qaror qabul qildi. Ushbu ma’lumotni mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan tasdiqladi.

Hukumat rahbari ta’kidlashicha, bunday majmua qurish texnologiyasi Rossiya, Fransiya va Janubiy Koreyada bor, Qo‘shma Shtatlar esa ayni yo‘nalishda ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan.

– Mamlakat kichik modulli AESga ega bo‘lish maqsadida strategik qaror qabul qildik, – dedi u. – Qator davlatlar shunday texnologiyani qo‘llash bosqichida, Rossiya, Fransiya, Janubiy Koreya ayni yo‘ldan boryapti. AQSh bu borada ancha ilg‘or.

Kiritildi: 19:00 21.09.2024. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!