Ushbu yo‘nalish 2025 yildagi sinov reysining davomi bo‘ldi. O‘shanda Sea Legend konteyner tashuvchi kemasi Xitoydan Buyuk Britaniyaga Arktika orqali birinchi marta 20 kunda yetib borgan edi. 2026 yilda kompaniya yozgi navigasiya mavsumi davomida sakkizta reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Shimoliy dengiz yo‘li va Arktika hozircha an’anaviy savdo yo‘nalishlarining to‘liq muqobiliga aylana olmaydi. Kema qatnovi muzliklar holati va ob-havoga bog‘liq, kemalar maxsus tayyorgarlikni talab qiladi, Arktikada qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma esa hali cheklangan.
Bundan tashqari, sug‘urta xarajatlarining yuqoriligi va yo‘nalishning Rossiya qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tishi bilan bog‘liq geosiyosiy xatarlar ham qo‘shimcha to‘siq bo‘lmoqda.