Arkadiy Dvorkovich YEI sanksiyalari sababli FIDE rahbarligini tark etdi.
Rossiyaning sobiq bosh vazir o‘rinbosari Yevropa sanksiyalarining 21-paketiga kiritilgan shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatidan joy oldi. Ushbu shaxslar va kompaniyalarga nisbatan cheklov choralari Yevropa hamkorlari bilan aktivlar va bitimlarni muzlatishdan tortib, YEI mamlakatlariga safar qilishni taqiqlashgacha bo‘lgan turli ko‘rinishga ega.
2018 va 2022 yilda FIDE rahbari etib saylangan Dvorkovichning vakolat muddati yakuniga yetayotgan edi. Navbatdagi saylovlar sentyabr oxirida Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Iyun oyida rossiyalik mulozim qayta saylanish uchun kurashishini ma’lum qilgan edi.
Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqinidan so‘ng, to‘rt yildan ko‘proq vaqt oldin, rossiyalik shaxmatchilarga xalqaro musobaqalarda Rossiya bayrog‘i ostida ishtirok etish taqiqlangan edi. Shunga qaramay, Ukraina va G‘arb mamlakatlari Moskva FIDEdagi o‘z ta’sirini oshirishga uringanini va boshqa mamlakatlarning milliy federasiyalariga tazyiq o‘tkazganini ta’kidlab kelayotgan edi.