Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Argentinani Jahon chempioni qilgan murabbiy «Real»ga kelishi mumkin

Argentinani Jahon chempioni qilgan murabbiy «Real»ga kelishi mumkin

Madridning "Real" klubi jamoani yozda qabul qilib oladigan murabbiy bo‘yicha ish olib bormoqda.

Ispaniyalik jurnalist Abraxam Romero ma’lumotiga ko‘ra, "qirollik klubi" hozirda Argentina terma jamoasini boshqarayotgan Lionel Skalonini nomzodlar orasiga kiritgan. Klub 47 yoshli mutaxassisga JCH-2026 yakunlanganidan so‘ng taklif bilan chiqishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Skaloni "albiselesta"ni 2022 yilgi jahon chempionatida g‘oliblikka yetaklagan. Uning shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:38 16.04.2026. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!