Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Argentinada Lionel Messiga bag‘ishlangan dunyodagi eng baland haykal ochildi (video)

Argentinada Lionel Messiga bag‘ishlangan dunyodagi eng baland haykal ochildi (video)

Argentinaning Neuken viloyatida joylashgan Kutral-Ko shahrida Lionel Messiga bag‘ishlangan dunyodagi eng baland haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ole nashrining xabar berishicha, monument mahalliy haykaltarosh Aldo Beroisa tomonidan yaratilgan. Haykalning balandligi 26 metrni tashkil etadi.

Yangi yodgorlik shu paytgacha rekord hisoblangan Hindistondagi 21 metrli Messi haykalini ortda qoldirdi va dunyodagi eng baland Messi haykaliga aylandi.

So‘nggi kunlarda Messi maydonda ham tarixiy natija qayd etdi. JCH-2026 doirasida u Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze bilan jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo‘yicha tenglashdi. Argentinalik yulduz hisobida hozir 16 ta gol bor.

Argentina terma jamoasi o‘zining navbatdagi uchrashuvini 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 08:10 21.06.2026. O'qildi: 8740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!