Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Argentina oldida noxush statistikani yo‘qqa chiqarish vazifasi turibdi

Argentina oldida noxush statistikani yo‘qqa chiqarish vazifasi turibdi

Argentina terma jamoasi Jahon chempionati musobaqasini FIFA reytingi yetakchisi sifatida boshlaydi.

Biroq jamoa oldida qiziq va noxush statistikani buzish vazifasi turibdi. Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, FIFA reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan holda mundialga kelgan birorta ham terma jamoa haligacha Jahon chempionligini qo‘lga kiritmagan.

Shu bois Lionel Skaloni shogirdlari nafaqat o‘z chempionlik unvonini himoya qilish, balki ushbu an’anani ham yo‘qqa chiqarish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. JCH–2026 guruh bosqichida janubiy amerikaliklar Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: Bugun 17:52. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!