Eron uranni faqat tinchlik maqsadlarida 60 foizgacha boyitadi, bu Tehronning Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha majburiyatlariga muvofiqdir.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi NBC News telekanalida ma’lum qildi.
"Biz uranni tinchlik maqsadlarida 60 foizgacha boyitamiz va bu Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha majburiyatlarimizga mos keladi. Biz shartnomani buzmayapmiz", dedi u.