Saudiya Arabistonidagi Ar-Riyod aeroportining 4-terminaliga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan dron urildi. Natijada aeroport terminalida yong‘in sodir bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya vakili Turki al-Maliki bu haqda ijtimoiy tarmoq platformasida yozgan. Xavfsizlik xizmatlari allaqachon aeroportda ishlamoqda.
"Noma’lum snaryadning hujumi Qirol Xolid xalqaro aeroportining 4-yo‘lovchi terminaliga tegdi. Hujum yong‘inga sabab bo‘ldi va rasmiylar voqea joyida ishlamoqda", deyiladi bayonotda.
10 oktyabr kuni ommaviy axborot vositalari Ar-Riyod aeroporti yaqinida portlashlar haqida xabar berishdi. Keyinchalik, raketalar aeroportning 3 va 4-terminallariga urilib, tomning qisman qulashiga sabab bo‘lgani haqida xabar berildi.