USS George H.W. Bush aviatashuvchisi Hind okeaniga yetib keldi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
USS George H.W. Bush bortida minglab harbiy xizmatchilar va o‘nlab zamonaviy qiruvchi samolyotlar bor. The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kema va uni kuzatib borayotgan zarba guruhi Qo‘shma Shtatlarning Eron yaqinidagi harbiy kuchlarini sezilarli darajada oshiradi.
Ayni paytda AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba guruhi O‘mon ko‘rfazida, Eron sohillaridan taxminan 200 km janubda joylashgan. Shuningdek, USS Gerald R. Ford aviatashuvchisi ikki esmines hamrohligida Qizil dengiz hududi bo‘lib turibdi.
USS George H.W. Bush - bu Yaqin Sharqqa yetib kelgan AQShning uchinchi aviatashuvchisidir.