Tramp Tehron va Vashington bilan yadroviy kelishuvga erishmasa, AQShning “ulkan armada”si Eronga nisbatan kuch ishlatishini ma’lum qildiyu.
"Venesuela bilan bo‘lgani kabi, flotimiz shay holatda va zarurat tug‘ilganda o‘z vazifasini tezda bajarishi mumkin. Buning uchun kerak bo‘lsa kuch qo‘llaymiz. Umid qilamizki, Eron tez orada muzokaralar stoliga o‘tiradi va yadroviy qurolsiz, adolatli hamda o‘zaro manfaatli bitimga rozi bo‘ladi, bunday kelishuv barcha tomonlarni qoniqtiradi. Vaqt kam qoldi, u haqiqatan ham hal qiluvchi ahamiyatga ega", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Shuningdek, Tramp Qo‘shma Shtatlarning bu safargi hujumi o‘tgan yil yozdagiga qaraganda ancha shafqatsiz bo‘lishini aytdi.