Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShning Minneapolis shahridagi katolik maktabida otishma yuz berdi

AQShning Minneapolis shahridagi katolik maktabida otishma yuz berdi

CBS News'ning xabar berishicha, otishma mahalliy vaqt bilan soat 8:45 da boshlangan. Telekanal manbalariga ko‘ra, taxminan 20 kishi yaralangan. Ularning maktab xodimlari yoki o‘quvchilar ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Reuters agentligi suhbatdoshi uch kishi, jumladan otishmani sodir etgan shaxs halok bo‘lganini bildirdi. CBS News ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi o‘z joniga qasd qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani faqat bitta shaxs amalga oshirgan, uning motivlari hozircha noma’lum. Rasmiylar esa hozircha faqat aholi uchun xavf yo‘qligini tasdiqlashdi.

Kiritildi: 21:35 27.08.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!