Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQShning Kiyevga yordami sezilarli darajada qisqardi

AQShning Kiyevga yordami sezilarli darajada qisqardi

Pentagon, Davlat departamenti va USAID auditorlari Kongressga taqdim etgan hisobotga ko‘ra, AQShning Kiyevga ajratayotgan yordami milliardlab dollardan yuz millionlab dollargacha kamaygan.

“Ukrainaga 2025 moliyaviy yili uchun atigi 3,92 milliard dollar va 2026 moliyaviy yili uchun taxminan 220 million dollar ajratilishi ma’qullangan”, — deyiladi mazkur idoralar bosh inspektorlari hisobotida.

Qayd qilinishicha, 2024 yil aprel oyida 60,8 milliard dollar ajratishga kelishilgan, biroq shundan buyon yuqori miqdorda yangi mablag‘ ajratilmagan.

Shuningdek, hisobotda urush boshlanganidan beri Kongress AQSh tomonidan Kiyevga yordam uchun jami 187,8 milliard dollar berilishini ma’qullagani, shundan 64,5 milliard dollar hali o‘zlashtirilmagani keltirilgan.

Kiritildi: Bugun 18:30. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!