Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShning iqtisodiy tahdidlari teskari natija bermoqda

AQShning iqtisodiy tahdidlari teskari natija bermoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eronga nisbatan xuddi Xitoy bilan savdo urushida qo‘llangan taktikani — balandparvoz tahdidlar va kuch namoyish etish orqali «maksimal bosim» o‘tkazish usulini qo‘llashga harakat qilmoqda. Biroq bu kutilganining aksi bo‘lgan natijani bermoqda.

Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Tehron Vashingtonga yon berishga shoshilmayapti. AQShning boshqa qator savdo sheriklaridan farqli o‘laroq, Eron jahon neft mahsulotlarining 20 foizi o‘tadigan muhim arteriya — Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni o‘zining asosiy koziri (ustunligi) deb hisoblaydi.

Bozorlarning Tramp tomonidan bo‘g‘ozni blokada qilish haqidagi tahdidlariga bo‘lgan munosabati iqtisodiy qo‘rqitish taktikasi teskari natija berayotganini ko‘rsatdi: Brent markali neft narxi zudlik bilan 8 foizga ko‘tarildi, tahlilchilar esa qarama-qarshilik cho‘zilib ketgan taqdirda narxlar barreliga 120 dollargacha chiqishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

AQSh ichida bu jarayon allaqachon fuqarolar hamyoniga ta’sir qila boshladi: Moody's ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikadagi uy xo‘jaliklari bir yil oldingiga nisbatan har oyda o‘rtacha 233 dollar ko‘proq mablag‘ sarflamoqda.

Telekanalning qayd etishicha, Tehron Pekin tajribasidan saboq chiqargan ko‘rinadi va qat’iy pozisiyani egallagan. Eron parlamenti spikeri Muhammad Baqir Qolibof Ho‘rmuz bo‘g‘ozining blokada qilinishi faqat benzin narxini oshirishini va bu eng avvalo amerikaliklarning o‘zlari uchun yoqilg‘ini kamroq hamyonbop qilib qo‘yishini ochiq ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 14:26. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!