Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShning Bag‘doddagi elchixonasi hujumga uchradi

AQShning Bag‘doddagi elchixonasi hujumga uchradi

Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.

Xabar berilishicha, 17 martga o‘tar kechasi Iroq poytaxtidagi AQSh elchixonasiga uyushtirilgan hujumda dronlar va raketalardan foydalanilgan. Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir nechta hujum vositalarini yo‘q qilganiga qaramay, 1 ta dron elchixona hududiga tushgan.

Bundan tashqari, Bag‘doddagi “Al-Rashid” mehmonxonasi zarbaga uchragan, dron binoning yuqori qavatlariga kelib urilgan. Ushbu mehmonxonada Yevropa Ittifoqi va Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonalari joylashgan.

Mazkur binolar Bag‘dodning “Yashil hudud” deb ataladigan hududida joylashgan bo‘lib, u yerda xorijiy elchixonalar va hukumat ob’ektlari joylashgan.

Iroq armiyasi Oliy bosh qo‘mondoni rasmiy vakili Saboh an-Numon huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ushbu hujumlarni tekshirish va aybdorlarni aniqlash topshirilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 13:59. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!