AQShning Kentukki, Virjiniya, Kanzas, Arkanzas va Missuri shtatlarida kuchli qor, muzlash, kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq tufayli favqulodda holat e’lon qilindi.
30 shtatda bo‘ronlardan hushyor turish va fuqarolarga uyda qolish tavsiya etiladi.
Mamlakat bo‘ylab 1500 ga yaqin reys bekor qilindi, 2000 reys kechiktirildi. Bundan tashqari, bir necha poyezd reyslari bekor qilingan. Og‘ir qish sharoiti butun mamlakat bo‘ylab 62 million kishiga ta’sir qilishi kutilmoqda.