Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

AQShning 17 shtati Amazonni monopoliya uchun sudga berdi

A A A
AQShning 17 shtati Amazonni monopoliya uchun sudga berdi

AQSh Federal Savdo Komissiyasi va mamlakatning 17 shtati prokurorlari Amazon’ga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda Federal Savdo Komissiyasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, da’vogarlar kompaniyani monopolist sifatida faoliyat yuritayotganlikda hamda o‘zining monopoliya ustunligini noqonuniy saqlab qolish uchun adolasiz strategiyalardan foydalanganlikda ayblamoqda.

Qayd etilishicha, "Amazon" mahsulotlar o‘zi taklif qilgan narxlardan arzon sotilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi. Agar kompaniya narxlarga nomutonosib narsalarni topsa, uning sotuvchisini “Amazon”ning mahsulot qidirish natijalaridan yashiradi va natijada ko‘rinmas bo‘lib qoladi.

Da’vogarlar, shuningdek, “Amazon”ni mahsulot qidirish natijalarini reklama takliflaridan aniq ajratmaslik va qidiruv natijalarida uchinchi tomon sotuvchilari takliflarini birinchi o‘ringa qo‘yish orqali iste’molchilarni chalg‘itayotganlikda aybladi.

Da’vo qiluvchilar suddan “Amazon”ning harakatlarini monopoliya deb tan olib, uning oldini olish choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

Kiritildi: 09:23 27.09.2023. O'qildi: 2021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!