Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShlik spiker: "Koronavirus, aslida, Trampning virusi"

A A A
AQShlik spiker: "Koronavirus, aslida, Trampning virusi"

AQSh spikeri Nensi Pelosi yana bir bor AQSh prezidenti Donald Trampni mamlakatda Covid-19 tarqalishi bilan inqirozli vaziyat yaratishda aybladi.

"Bugun prezidentning sharhlari shuni ko‘rsatadiki, u qilgan xatolarini tan oldi, niqob taqdi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat uning harakatsizligi tufayli yomonlashadi", – dedi Pelosi CNNga bergan intervyusida.

"Aslida, bu Trampning virusi ekanligi aniq", – deya qo‘shimcha qildi u.

Uning fikriga ko‘ra, agar prezident bir necha oy oldin odamlarni niqob taqishga va ijtimoiy masofani saqlab turishga chaqirganida, ko‘p odamlar unga ergashgan bo‘lardi.

Pelosining ta’kidlashicha, minglab amerikaliklar prezidentning Covid-19ga noto‘g‘ri munosabati tufayli vafot etgan.

Kiritildi: 11:03 22.07.2020. O'qildi: 5987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik