Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

AQShlik islomofob: “Masjidni portlatib yuboraman!”

AQShlik islomofob: “Masjidni portlatib yuboraman!”

AQShning Arlington shahri (Texas shtati) polisiyasi mahalliy masjidni portlatish bilan tahdid qilgan shaxsni qidirmoqda. Bu haqda Star Telegram nashri xabar tarqatdi.

Noma’lum kimsa “Dorul imon” Islom markaziga qo‘ng‘iroq qilib, bombasi borligini va musulmonlar ibodatxonasini portlatish niyatida ekanini aytdi. U qo‘ng‘iroq qilgan mahal masjidda polisiyachilar huquq-tartibot organlari taqdimotini o‘tkazayotgan edi. Polisiya leytenanti Kristofer Kukning aytishicha, masjid hududida hech qanday bomba topilmagan, biroq AQSh qonunchiligida terakt tahdidi uchun qat’iy jazo belgilangan.
 
Texas polisiyasi ayni paytda tahdid qilgan islomofobning shaxsini aniqlashga urinyapti. 

Kiritildi: 13:11 09.11.2018. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!