Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

AQShdan kelgan o‘qituvchilar Farg‘onada dars beradi

AQShdan kelgan o‘qituvchilar Farg‘onada dars beradi

Farg‘ona davlat universiteti xalqaro hamkorlik yo‘nalishida xorijiy mamlakatlarning 80 ga yaqin nufuzli universitetlari bilan aloqa o‘rnatgan.
Universitetda chet tillari o‘qitish metodikasini ilg‘or zamon talablari asosida tashkil etish, talabalarni xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishiga erishish yo‘lida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistondagi Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi hamkorligida Amerikadan Farg‘ona vodiysiga ta’lim dasturlari asosida yuborilgan xorijiy pedagog o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv ham hamkorlik loyihasining amaldagi samarasidir.


Uchrashuvda AQSh elchixonasining madaniyat va ta’lim ishlari bo‘yicha maslahatchisi Sara Talalay, Farg‘ona davlat universitetiga 10 oy muddatga taklif etilgan “FULBRIGHT” loyihasi vakili Keti Raymond, ingliz tili mutaxassisi – loyiha vakili Keyt Brijman universitet rektori B.Shermuhammadov bilan samimiy muloqotda bo‘ldi. Universitetga taklif etilgan mutaxassislar chet tili fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan intensiv mashg‘ulot o‘tkazishi va darsdan tashqari to‘garaklar faoliyati bilan shug‘ullanishi rejalashtirilgan.


Uchrashuvda universitet rektori loyiha vakillariga O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Prezidentimiz raisligida joriy yilning 16 iyun kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida dunyoning tan olingan va xalqaro reytinglar ro‘yxatiga kirgan oliygohlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, ushbu reytinglarga kirish choralarini ishlab chiqish, kafedralarning xalqaro hamkorlar bilan ishlashlari uchun sharoit yaratish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Kiritildi: 18:06 11.09.2021. O'qildi: 2441 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!