AQSh shtatlarida qor bo‘roni tufayli kamida yetti kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Texas, Missuri va Kanzas shtatlarida qor bo‘roni bilan bog‘liq o‘lim holatlari qayd etilgan. Rasmiylar aholini uyda qolishga chaqirmoqda.
Jami 23 ta shtat favqulodda holat e’lon qildi. CNN telekanalining xabar berishicha, ob-havoning keskin o‘zgarishi haqidagi ogohlantirishlar 185 million AQSh aholisiga ta’sir ko‘rsatdi va bir milliondan ortiq mijozlar elektrsiz qoldi. 25 yanvar kuni mamlakat bo‘ylab 10 000 dan ortiq reyslar bekor qilindi.