Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti

AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti

AQShning Texas shtatida joylashgan kimyo zavodidagi gaz quvurida 16 sentyabr kuni boshlangan yong‘in hamon o‘chirilmadi.

The Guardian’ning mahalliy hukumatga tayanib yozishicha, 16 sentyabr tongida La-Port shahridagi zavodda yong‘in yuz bergan, minglab uylar elektr ta’minotisiz qolgan, hodisa yuz bergan hudud yaqinida yashovchi aholi evakuasiya qilingan.

Telegram’dagi «Geoenergetika INFO» kanali ma’lumotlariga ko‘ra, kimyo zavodida yuz bergan portlashdan keyin boshlangan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirishning imkoni bo‘lmayapti.

«Aftidan, gaz uzatishni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan. Energy Transfer gaz quvuri operatori brigadasi va mahalliy kommunal xizmatlar hududni izolyasiya qilish bilan band», — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash yo‘ltanlamas avtomobili gaz taqsimlovchi punkt bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng yuzaga kelgan va yong‘in boshlangan. Haydovchi halok bo‘lgani, mashinaning oldiga hech kim yaqinlasha olmayotgani aytilmoqda. Hududdagi mingdan ortiq uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar evakuasiya qilingan.

«Ko‘plab neftni qayta ishlash zavodlari, shuningdek, minglab kilometr uzunlikdagi quvurlar joylashgan Xyustonda portlashlar va yong‘inlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Ularning aksariyatida o‘lim holatlari ham kuzatiladi», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Kiritildi: 23:55 19.09.2024. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!