Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQShdagi fojiali voqealarda O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘lganmi?

AQShdagi fojiali voqealarda O‘zbekiston fuqarolari qurbon bo‘lganmi?

5 avgust holatiga ko‘ra, Texas va Ogayo shtatlarida, shuningdek, Chikago shahrida sodir bo‘lgan fojiali voqealar qurbonlari ro‘yxatlarida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q, deya xabar qildi TIV.

Texas shtatining El-Paso shahrida otishma sodir bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 20 kishi qurolli hujum qurboniga aylangan, yana 26 kishi jarohatlangan, 21 yoshli gumondor Patrik Kruzius hibsga olingan. Hozirda jinoyatning sabablari aniqlashtirilmoqda.

4 avgustga o‘tar kechasi Ogayo shtati Deyton shahrida ham otishma yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi, jumladan hujumchining o‘zi vafot etgan. 27 kishi esa jabrlangan.

Shuningdek, otishma holati Illinoys shtatida Chikago shahrida ham qayd etildi. Jinoyatchi Chikago g‘arbidagi bog‘da mashinadan olomonga qarata o‘q uzgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi turli darajada jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Shavkat Mirziyoyev El-Paso, Deyton va Chikago shaharlarida ro‘y bergan fojeali voqealarda ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Donald Trampga samimiy hamdardlik bildirgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 16:20 05.08.2019. O'qildi: 2448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!