Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

AQShda yana bir sirli monolit paydo bo‘ldi

AQShda yana bir sirli monolit paydo bo‘ldi

AQShda yana bir sirlik monolit paydo bo‘lsa, bu safar Kaliforniyadagi tog‘da. Bu haqda mahalliy  gazeta “Atascadero News” xabar qilmoqda.

Ushbu to‘g‘riburchakli temir jism bir necha kun avval AQShning Yuta shtatidagi cho‘lda va Ruminiyada paydo bo‘lgan ob’ektlarga juda o‘xshaydi.

Nashrning yozishicha, ob’ekt zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lishi mumkin. Uning balandligi uch metr, kengligi 46 santimetr, og‘irligi esa taxminan 90 kilogrammni tashkil etadi.

24 noyabr kuni AQShning Yuta shtatidagi cho‘lda noma’lum metall monolit topilgan edi. Bir necha kun o‘tib u sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik shunga o‘xshash jism Ruminiyaning Pyatra-Nyams shahri yaqinida topildi. Rumin OAVlari ham monolit sirli ravishda g‘oyib bo‘lgani haqida yozishdi.

Kiritildi: 13:05 03.12.2020. O'qildi: 2861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!