Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQShda universitet yaqinida otishma yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi

AQShda universitet yaqinida otishma yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi

AQShning Jorjiya shtatida, Fort Velli universiteti korpusida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda 23 oktyabr, shanba kuni mahalliy hokimiyatga tayanib, ABC News telekanali xabar bermoqda.

Hodisa natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlandi. Rasmiylarga ko‘ra, marhum universitet talabasi bo‘lmagan, jabrlanganlarning ahvoli barqaror.

WSB-TV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli Tayler French halok bo‘lgan.

Universitet vaziyatni o‘rganar ekan, universitetni vaqtincha yopdi. Polisiya talabalar va xodimlar xavf ostida emasligini bilgach, yana ochildi.

Otishma haqida hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 17:35 24.10.2021. O'qildi: 1309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!