Amerikaliklar uning mamlakat hayot tarziga ta’sir qiluvchi qarorlaridan norozi.
Reuters nashri va Ipsos tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan yangi so‘rovning ko‘rsatishicha, amerikaliklar orasida amaldagi prezident faoliyatini ma’qullovchilar soni atigi 40 foizni tashkil etadi. Bu bir hafta avvalgiga nisbatan 2 foizga kam. Trampning faoliyatini qat’iyan ma’qullamaydigan amerikaliklar ulushi esa 57 foizgacha ko‘tarildi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar aholisi Trampga bildirgan asosiy e’tiroz uning fuqarolar xarajatlari oshishiga qarshi kurashishdagi harakatlariga nisbatan bo‘ldi – respondentlarning 63 foizi bunga noroziligini bildirgan. Reuters’ning xabar berishicha, Tramp lavozimga kelganidan buyon AQShda inflyasiya sur’atlari biroz oshgan, mehnat bozori zaiflashganiga qaramay, bu Markaziy bankni foiz stavkasini pasaytirishga majbur qildi.
Taqqoslash uchun, Trampdan avvalgi prezident Jo Baydenning eng past reyting ko‘rsatkichi 36 foiz edi.