Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda Tramp o‘rniga Putinning portreti o‘rnatildi

A A A
AQShda Tramp o‘rniga Putinning portreti o‘rnatildi

Kecha, 29 iyul kuni AQShning Kolarado shtati Qonunchilik yig‘ilishi binosiga Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning portreti o‘rnatib ketilgan.
 
Ushbu portret noma’lum shaxs tomonidan AQShning sobiq prezidentlari Jorj Vashington va Barak Obama portretlari osilgan devor yoniga o‘rnatilgan. Bu haqda "qalampir.uz" xabar bergan.
 
Hozirgi kunga qadar Kolarado shtati Qonunchilik yig‘ilishi binosida AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning portreti yo‘q. Portretni o‘rnatish uchun 10 ming AQSh dollari zarur bo‘ladi, lekin shtat ma’muriyati byudjetdan mablag‘ ajratishga shoshilmayapti.
 
Kolarado shtatining “Colorado Citizens for Culture” tashkiloti bir yarim yildan buyon AQSh yetakchisining portretini o‘rnatish bo‘yicha harakat qilib keladi, lekin hozirga qadar yetarli mablag‘lar to‘planmagan.
 
Shtat Senati a’zosi Stiv Fenberg Twitter’dagi sahifasida Rossiya yetakchisining portreti bilan bog‘liq xabarni ma’lum qilganidan so‘ng, ushbu portret Qonunchilik yig‘ilishi binosidan olib tashlangan. 

Kiritildi: 14:50 30.07.2018. O'qildi: 1742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik