Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQShda supermarketlardan birida kassir o‘ldirildi. Voqeaga sabab niqob taqish

AQShda supermarketlardan birida kassir o‘ldirildi. Voqeaga sabab niqob taqish

AQShning Jorjiya shtatida supermarketlardan birida himoya niqobini taqish bilan bog‘liq mojaro sababli otishma sodir bo‘ldi. Do‘konning kassiri o‘ldirilgan.

Qayd etilishicha, 30 yoshli erkak oziq-ovqat do‘koniga borgan, kassa oldida esa u kassir bilan niqob taqish to‘g‘risida tortishgan. Gumonlanuvchi hech narsa sotib olmasdan do‘kondan chiqib ketgan, ammo tez orada qaytib kelib o‘q uzgan.

Keyin qurollangan kishi va supermarketning qo‘riqchisi o‘rtasida otishma bo‘ldi. Unda har ikkala taraf ham yaralangan. Hodisa ishtirokchilarining barchasi kasalxonaga yotqizildi. Kassir tibbiy muassasada vafot etgan, hujum qilgan shaxs va qo‘riqchining ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov boshlandi. Ma’lumki, Qo‘shma Shtatlarda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar, agar turli darajadagi qonunlar, qoidalar yoki organlarning qoidalari talab qilmasa, niqob taqishlari shart emas.

Kiritildi: 05:15 16.06.2021. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!