Starbucks Workers United kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lgan mingdan ortiq baristalar mamlakatning 40 dan ortiq shaharlarida o‘z ishlarini tashlab ketdi. Chunki kompaniya rahbariyati va ishchilari ish haqini oshirish va nafaqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi, deb xabar beradi Al Jazeera.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Starbucks tarmog‘i AQSh va Kanadada 18 mingdan ortiq filialga ega. Shuning uchun bu namoyish tarixdagi eng yirik ish tashlash bo‘lishi mumkin.
Sietl, Nyu-York, Filadelfiya, Dallas, Ostin va Portlenddagi do‘konlar ishchilari ham ish tashlashga qo‘shildi. Ijtimoiy tarmoqlarda kasaba uyushmasi mijozlarni Starbucksdan qochishga va ishchilarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Starbucks ma’lumotlariga ko‘ra, xodimlarning o‘rtacha soatlik ish haqi 19 dollarni tashkil etadi. Haftasiga 20 soatdan ortiq ishlaydiganlar uchun tibbiy sug‘urta, bola parvarishi uchun haq to‘lanadigan ta’til va Arizona davlat universitetida bepul onlayn ta’lim kabi imtiyozlar mavjud. Va kasaba uyushma a’zolarining ta’kidlashicha, ko‘plab shtatlarda boshlang‘ich ish haqi 15,25 dollardan oshmaydi va baristalar haftasiga 20 soatdan kam ishlaydi.