Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

AQShda shifokor 4 nafar erkak bemorni qasddan o‘ldirdi

AQShda shifokor 4 nafar erkak bemorni qasddan o‘ldirdi

AQShning Texas shtatida 37 yoshli shifokor Uilyam Devis to‘rt erkak bemorni o‘ldirishda aybdor deb topildi. Tergov aniqlaganidek, u bemorlarning tomirlariga havo yuborgan. Bu haqda 21 oktyabr, payshanba kuni BBC xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning iyunidan 2018 yilning yanvarigacha bo‘lgan davrda hamshira to‘rt bemorning arteriyalariga havo kiritgan, natijada ular vafot etgan. Marhumning tibbiy yozuvlarida 47 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan erkaklar miya shikastlanishidan vafot etgani aytiladi.

"Ularning hammasi operasiyadan so‘ng muvaffaqiyatli tuzalib ketishdi va shifokorlar nima uchun bemorlarning ahvoli keskin yomonlashib ketganini tushunishmadi. Kompyuter tomografiyasi ularning miyasida havo topdi. Sudda so‘zlagan ekspert, o‘limning boshqa mumkin bo‘lgan sabablarini istisno qilganini aytdi", deyiladi xabarda.

19 oktyabr, seshanba kuni hakamlar hay’ati Devisga hukm chiqardi, unga o‘lim jazosi tayinlangan. Hozir erkak hibsda.

O‘z navbatida, shifokorning advokati qasddan odam o‘ldirish haqida hech qanday dalil yo‘qligini, kasalxonada "jiddiy qonunbuzarliklar" bo‘lganini va uning mijozi "nishon"ga aylanganini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:30 22.10.2021. O'qildi: 2464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!