AQShning Nevada shtatidagi samolyot halokati natijasida uch kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda "Elko Daily" xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, avtohalokat Goshut vodiysida yuz bergan. Samolyotning vayronalari Yuta shtatining chegarasidan taxminan 40 kilometr masofada topilgan.
Yo‘lovchilar Tomas Kvanvig (48 yosh), Steysi Kvanvig (49 yosh) va Daniel Kvanvig (8 yosh) edi. Nashrning ta’kidlashicha, Tomas Kvanvig Intel Corp.da muhandis bo‘lib ishlagan.
Ta’kidlanishicha, aviafalokatga noma’lum sabablarga ko‘ra majburiy favqulodda qo‘nish sabab bo‘lishi mumkin.