Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShda samolyot avtomobillar ustiga quladi

AQShda samolyot avtomobillar ustiga quladi

AQShning Texas shtatida kichik xususiy samolyot avtomobil turargohiga quladi. Hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi.

Fox News xabar berishicha, falokat 12 oktyabr kuni Xiks aerodromi yaqinida ro‘y bergan. Samolyot yengil va yuk avtomobillari to‘xtab turgan maydonga qulagan. Voqea joyidan ikki nafar shaxsning jasadi topilgan, jabrlanganlar soni hozircha aniqlanmagan. Tergovchilar voqea joyiga yetib kelgan va atrofdagi yo‘l vaqtincha yopilgan.

Samolyot bortida nechta kishi bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Hozirda AQSh Fuqarolik aviasiyasi federal boshqarmasi hamda Transport xavfsizligi milliy kengashi falokat sabablarini o‘rganmoqda.

Bundan avval, 11 oktyabr kuni Kaliforniyadagi shunga o‘xshash holatda vertolyot parvoz vaqtida boshqaruvni yo‘qotib qulagan va 5 kishi jarohatlangan edi. Guvohlar ma’lumotiga ko‘ra, vertolyot bir necha daqiqa osmonda aylanib yurib, so‘ng yerga tushib urilgan.

Sentyabr oyida Minnesota shtatidagi Airlake aeroporti yaqinida Robinson R66 vertolyoti qulagan va yonuv natijasida bortidagi barcha halok bo‘lgan. Shuningdek, aprel oyida Nyu-York yaqinidagi Jersi-Siti shahridagi vertolyot falokatida olti kishi, jumladan Ispaniyalik biznesmen halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 14:28 13.10.2025. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!