Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Trako-Taxo aeroportiga qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rgan. Samolyot qulashi oqibatida Trako-Taxodagi golf maydonchasi yaqinidagi o‘rmon yonib ketgan. Viloyat hokimiyati yong‘in mahalliylashtirilgani va hozirda shahar uchun hech qanday xavf yo‘qligini xabar qilgan. Rasmiylarning aniqlik kiritishicha, yong‘in faqat samolyot qulagan hududga ta’sir qilgan.
Halok bo‘lganlar soni to‘g‘risida hali ma’lumot keltirilmagan. Biroq bortdagi barcha yo‘lovchi halok bo‘lgani aytilmoqda. Shuningdek, uchuvchi komandir samolyotning zudlik bilan qulashidan oldin qayd etilgan nosozliklari to‘g‘risida xabar bergani ham ma’lum emas. Yaqin orada rasmiylar qo‘shimcha ma’lumot berishi kutilmoqda.