Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShda qora tanli fermerlarga berilgan imtiyoz bekor qilindi

A A A
AQShda qora tanli fermerlarga berilgan imtiyoz bekor qilindi

AQSh federal sudi qora tanli fermerlarning qarzlarini koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun rejalashtirilgan jamg‘arma hisobidan to‘lashni vaqtincha taqiqladi. Irqiy tengsizlikni yo‘q qilish dasturi qishloq xo‘jaligida pul ishlab topgan oq tanli ishbilarmonlarning da’volari sababli to‘xtatildi, deb yozadi Associated Press.

Viskonsin shtatida Miluokidagi okrug sudyasi Uilyam Grizbax 10 iyun kuni buyruq chiqarib, qora tanli fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi dasturni vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi va kamsitishlardan shikoyat qilgan oq tanli fermerlar tomoniga o‘tdi.

AQSh Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining dasturiga ko‘ra, pandemiya oqibatlarini bartaraf etish uchun fonddan to‘rt milliard (1,9 trillion dollar) qora tanlilar, amerikalik hindular, ispanlar, osiyolik amerikaliklarga berilgan qishloq xo‘jaligi kreditlarini to‘lash uchun ajratilishi rejalashtirilgan edi. Ozchilikni tashkil etuvchi fermerlar o‘nlab yillar davomida ularga hukumat yordami va qarzlaridan adolatsiz ravishda mahrum qilinayotganliklari haqida bahs yuritib kelmoqdalar.

Wisconsin Institute for Law and Liberty yuridik firmasi oq tanli fermerlarning huquqlarini himoya qilib, 2021 yil aprel oyida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Inson huquqlari faollari ozchiliklar oldidagi qarzlardan kechish Viskonsin, Minnesota, Janubiy Dakota, Missuri, Ayova, Arkanzas, Oregon va Kentukki fermerlari uchun adolatsiz ekanligini ta’kidlamoqda. AQSh banklari, o‘z navbatida, yo‘qolgan foizli daromadlari uchun davlatdan qo‘shimcha tovon puli kutguncha qora tanli fermerlarga pul to‘lashdan bosh tortdilar.

Kiritildi: 22:53 11.06.2021. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!