Benzinga talabning oshishiga qaramay, Brent nefti barrelining narxi so‘nggi 2 hafta ichida 63,5 dollargacha pasaydi.
— O‘tgan hafta AQShning tijorat neft zaxiralari 5,2 million barrelga oshib, 421,2 million barrelga yetdi.
Mutaxassislar AQSh neft zaxiralarining o‘sishi ancha past, taxminan 603 ming barrel bo‘lishini prognoz qilishgan edi.
Biroq, benzinga bo‘lgan talabning kutilganidan yuqori bo‘lishi neft narxlarining yanada pasayishiga to‘sqinlik qilmoqda. Benzin zaxiralari 4,7 million barrelga kamayib, 206 million barrelga yetdi. Mutaxassislar atigi 1,1 million barrelga kamayishni kutishgan edi.