Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQShda past harorat bo‘yicha rekordlar yangilandi

A A A
AQShda past harorat bo‘yicha rekordlar yangilandi

 

AQShning 24 ta shahrida 15 fevral, dushanba kuni havo harorati rekord darajada pasaydi. Bu haqda AQSh Milliy meteorologiya xizmatiga tayanib «Interfaks» xabar berdi.

AQSh kuchli qor bo‘ronlari ichida qoldi. Jumladan, Virjiniya shtatida yo‘llarda harakatlanish favqulodda qiyinlashib bormoqda. Vashington hamda Nyu-Yorkda ham kuchli qor yog‘moqda.

«Seshanba kuni bu joylarning aksariyatida yanada sovuq bo‘lib, yangi rekordlar qayd etilishi kutilmoqda», — deydi amerikalik meteorologlar Twitter tarmog‘ida.

NBC telekanalining xabar berishicha, 26 ta shtatning 150 milliondan ortiq aholisi favqulodda sovuq ob-havo haqida ogohlantirilgan. Bo‘ron sababli elektr energiyasi uzilmoqda, seshanba kuni esa muzli yo‘llarda tirbandliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Texasning sharqi, Arkanzas, Illinoysning ba’zi hududlari, Kentukki, Indiana va Ogayo shtatlarida qor yog‘di. Oklaxomada yog‘gan qor qalinligi 15 santimetrga yetdi.

14 fevral, yakshanba kuni kechqurun AQSh prezidenti Jo Bayden 11 fevraldan beri yog‘ayotgan qor sababli Texas shtatida favqulodda holat e’lon qildi. Shtatda milliondan ortiq aholi sovuq havo va bo‘ron sababli chiroqsiz qoldi.

Kiritildi: 06:52 17.02.2021. O'qildi: 2977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik