Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda paleontologlar Yerdagi birinchi kaltakesaklarning izlarini topdi

AQShda paleontologlar Yerdagi birinchi kaltakesaklarning izlarini topdi

Olimlar AQShdagi Katta kanyon qoyalarida taxminan 310 million yil avval bo‘lajak Shimoliy Amerika hududida yashagan sayyoradagi birinchi reptiliyalarning izlarini aniqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Topilgan izlar yonma-yon yurgan ikkita hayvonnikiga o‘xshaydi. Na zamonaviy, na qadimiy repitiliyalar bunday harakatlangan. Aslida, bu yon tomoga yurgan bitta kaltakesakning izi bo‘lgan.

Barcha dinozavrlar bundan 240 million yil avval Trias davrida, Yerda barcha yirik kaltakesaklar hukmronlik qilgan Perm davri nihoyasiga yetgach, paydo bo‘lgan. Yerdagi eng omadli hayvonlar bo‘lish uchun dinozavrlarga asosiy raqobatchilar o‘sha vaqtda ulkan o‘lchamlarga ega bo‘lgan hamda suv va quruqlikda birdek yashagan timsohlar bo‘lgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 07:45 10.11.2018. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!