Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda navbatdagi qurolli hujum

AQShda navbatdagi qurolli hujum

AQShning Texas shtati, Ostin shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida bir necha kishi jarohatlandi, hozirda tergov harakatlari boshlangan. Bu haqda shahar polisiya departamentiga tayangan holda CBS telekanali xabar bermoqda.

Otishma mahalliy vaqt bilan yakshanba, 26 aprel kuni soat 20:30 da (Toshkent vaqti bilan 27 aprel, 06:30) yuz bergan.

Gumonlanuvchi voqea joyidan avtomobilda qochib ketgan, hozirda uning shaxsi aniqlanmoqda.

«Polisiya hozircha jabrlanganlarning aniq soni va ularning jarohatlari og‘irlik darajasi haqida ma’lumotga ega emas», — deyiladi xabarda.

Bir necha jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!