Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda maktab o‘quvchilari zerikishdan uyni yoqib yuborishdi

AQShda maktab o‘quvchilari zerikishdan uyni yoqib yuborishdi

Maktab qizlari zerikishdan AQShdagi bo‘sh uyni yoqib yuborishdi va videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganlarida qo‘lga tushishgan.

Hodisa Pensilvaniya shtatining Ferndeyl hududida sodir bo‘lgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t qo‘yishda 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar o‘spirin ishtirok etgan. Ular Snapchat videosi kadrlarida qizlarning qanday qilib olov yoqayotgani aks etgan.

WPXI xabar berishicha, maktab o‘quvchilari divanga qutichani qo‘yishgan va ichiga yonib turgan qog‘oz parchalarini tashlashgan. Bunda ular aerozol qutilaridan, shu jumladan hasharotlar purkagichidan foydalanganlar. O‘smirlar olovni «zerikkanliklari sababli» boshlashganini aytishdi,- deydi Ferndeyl polisiyasi boshlig‘i Djon Bleyk.

Ta’kidlanishicha, hodisa natijasida polisiyachi va o‘t o‘chiruvchi yengil tan jarohati olgan.

Shuningdek, noma’lum shaxs yaqin atrofdagi uyga kirib, matrasni yoqib yuborgan, o‘quvchi qizlarni bu yong‘inga ham aloqadorligi tekshirilmoqda. Hozir qizlar uylariga qo‘yib yuborilgan. 

Kiritildi: 21:17 12.04.2021. O'qildi: 2199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!