Mahalliy OAVga ko‘ra, Texasda taxminan xavfli yuklar ortilgan 35 ta yuk vagoni va sisternalar relsdan chiqib ketdi. Bu voqea kichik Gordon qishlog‘i yaqinidagi ko‘prikdan o‘tayotganda sodir bo‘ldi.
Hodisa sababi noma’lum, ayni damda tergov olib borilmoqda.
Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
Biroq portlash natijasida butalar yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar issiqlik tufayli tez tarqalayotgan alanga bilan kurashmoqdalar. Hozir u yerda harorat plyus 35 darajani tashkil etmoqda.
Temir yo‘l kompaniyasi vagonlar va sisternalar tarkibi haqida aniq ma’lumot bermayapti. Ammo xavfli moddalarning sizib chiqishi kuzatilmagani ta’kidlanmoqda.