AQShning 10 shtatida qor bo‘roni tufayli kamida 23 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NBC.
Viskonsin, Kanzas, Kentukki, Kolorado, Missuri, Michigan, Nebraska, Nyu-York, Ogayo, Oklaxoma va Tennessi shtatlarida qurbonlar qayd etilgan.
Poweroutage portalining xabar berishicha, qariyb 400 ming xonadon va korxonalar elektr ta’minotisiz qolmoqda.
FlightAware ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanbadan beri AQSh aviakompaniyalari 10 000 dan ortiq reyslarni bekor qildi.