"Reuters" agentligining statistikasiga ko‘ra, 9 dekabr holatiga ko‘ra Amerika Qo‘shma Shtatlarida koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 15 milliondan oshdi.
Ayni paytda AQSh virus tarqalishi va qurbonlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bu mamlakatda o‘tgan haftaning o‘zida 15 mingdan ortiq odam COVID-19 sabab dunyoni tark etgan. Qurbonlarning umumiy soni esa 293 511 tani tashkil qilmoqda.
AQShda koronavirus tarqalishi yaqin orada kamayadiganga o‘xshamayapti. Tibbiyot ekspertlari yaqinlashib kelayotgan yil oxiridagi bayramlarda odamlarning bir joyga to‘planishlari kasallik tarqalishini yanada kuchayishiga olib kelishidan ogohlantirishmoqda.