Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda kit qayiq bilan to‘qnashib, nobud bo‘ldi

AQShda kit qayiq bilan to‘qnashib, nobud bo‘ldi

AQShning Nyu-Jersi shtati qirg‘oqlarida qayiq kitga urilib ketishi oqibatida kit nobud bo‘ldi, deb xabar bermoqda CBS.

Sohilga chiqib qolgan dengiz sutemizuvchilarni o‘rganish markazi (MMSC) ma’lumotlariga ko‘ra, ularga shanba kuni soat 15:00 da Barnegat ko‘rfazida kit aniqlangani haqida xabar berilgan. Keyinroq markazga kit qayiq bilan to‘qnashgani haqida xabar kelib tushgan.

“Shanba kuni tushdan keyin Nyu-Jersi shtatidagi Oushen okrugidagi Barnegat ko‘rfazida qayiq urib ketgan kit nobud bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Kit bilan to‘qnashish oqibatida qayiq deyarli ag‘darilib, yo‘lovchilardan biri esa qayiqdan tushib ketdi. Rasmiylarga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas.

Voqea oqibatida nobud bo‘lgan jonivor, markaz ma’lumotlariga ko‘ra, uzunligi taxminan olti metrli, tanasida kichik chiziqlari bor kit bo‘lgan, deb xabar berdi ria.ru.

Kiritildi: 16:54 04.08.2025. O'qildi: 1405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!