Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQShda karantinga qarshi isyon boshlandi

A A A
AQShda karantinga qarshi isyon boshlandi

AQShda karantinni bekor qilishni va normal hayotga qaytishni talab qilgan noroziliklar to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Yuzlab amerikaliklar Kentukki, Merilend, Michigan, Ogayo, Texas va Viskonsin shtatlarida yig‘ilishdi. Kanalga ko‘ra, ularda asosan Donald Trampning elektorati qatnashgan. Namoyishchilar ishga qaytishni, shuningdek, konstitusiyaviy huquqlarning buzilmasligini talab qildilar.

Kanalga ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida 22 millionga yaqin amerikalik ishsiz qolgan. Hozir mamlakatda salomatlik va oziq-oqatga doir korxonalar ishlashni davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, 16 aprel kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatning bosqichma-bosqich ochilishini va koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan 29 shtatda cheklov choralari bekor qilinishini e’lon qildi. Zaiflashtirilgan karantin rejimiga o‘tish uchun mintaqaviy hokimiyat ikki hafta ichida tasdiqlangan COVID-19 holatlarining kamayishini qayd etishi kerak.

 

Kiritildi: 14:35 19.04.2020. O'qildi: 5847 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik