AQShda koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy etilgan cheklovlar tufayli ishsizlar soni keskin ortmoqda. Mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida ishsizlar safiga 4,4 milliondan ortiq kishi qo‘shilgan.
Shuningdek, vazirlik so‘nggi besh hafta ichida qariyb 26 million kishi ishsiz qolganini va ishsizlik nafaqasi uchun murojaat qilganini bildirdi.
Joriy yir martigacha AQShda ishsizlik nafaqasi uchun dastlabki murojaatlar soni haftasiga 100 mingdan oshmas edi. Inqirozgacha jami 1,7 million kishi ana shunday nafaqa olgan.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, aprel oyida AQShda ishsizlik darajasi 20 foizga yetishi mumkin. Hozir bu ko‘rsatkich 10-15 foiz atrofida.