Amerikaning Shimoliy Karolina shtati Chapel-Xill shahrida Uinston laqabli uy iti koronavirusning yangi turiga chalindi.
1 aprel kuni Dyuk Universitetida Xizer Maklin va uning eri, favqulodda vaziyatlar tibbiyoti xodimi Samuel ko‘rikdan o‘tkazildi. Oilaning kenja qizi Sidneydan tashqari barchada koronavirus aniqlandi. Tadqiqot doirasida Maklinning uy hayvonlari ham tekshirildi.
Natijada itlardan biri — Pug Uinstonda virus topildi. Tadqiqotda ishtirok etgan doktor Kris Vudsning ta’kidlashicha, bu Qo‘shma Shtatlardagi itlarning koronavirusga chalinishi bilan bog‘liq birinchi holat. Shunga o‘xshash bir nechta hodisa Xitoyda ham bo‘lgan. Faktlar shuni ko‘rsatadiki, nafaqat mushuklar, balki itlar ham koronavirusga chalinishi mumkin.