Nyu-Jersi shtatining Xammonton shahrida ikki vertolyotning havoda to‘qnashishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida faqat uchuvchilar bo‘lgan. Ulardan biri vafot etgan bo‘lsa, ikkinchisi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Federal aviasiya boshqarmasi Xammonton munisipal ayeroportida Enstrom F-28A va Enstrom 280C vertolyotlari to‘qnashganini ma’lum qildi.
Rasmiylar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.