AQSh havo kuchlariga tegishli "A-29 Super Ticano" rusumli harbiy samolyot Nyu-Meksiko shtatida qulab tushgan.
Xabarda qayd etilishicha, halokat kecha mahalliy vaqt bilan soat 11.30da sodir bo‘lgan. Hozircha faqat harbiy samolyotning uchuvchisi jarohat olgani va u shifoxonaga yetkazilgani ma’lum, boshqa jabrlanganlar taqdiri oydinlashtirilmoqda.
"A-29 Super Ticano" Braziliyaning "EMB-314" rusumli yengil turbovintli hujumkor samolyotining AQSh havo kuchlari uchun mo‘ljallangan modifikasiyasidir. Pentagon ushbu turdagi samolyotlarni yozgi tayyorgarlik mashqlari, razvedkada foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida AQShning Jorjiya shtatida "S-130" rusumli harbiy-transport samolyot qulab tushgan edi. Halokat oqibatida bortdagi to‘qqiz kishining bari qurbon bo‘lgan.
Manba: darakchi.uz