Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQShda Florensiya bo‘roni qurbonlari soni 37 kishiga yetdi.​

AQShda Florensiya bo‘roni qurbonlari soni 37 kishiga yetdi.​

Shimoliy va Janubiy Karolina shtatidagi "Florensiya" bo‘roni qurbonlari soni 37 kishiga yetdi, deya xabar beradi RIA Novosti.Falokat oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan, ulardan ikkitasi chaqaloq. "Florens" dovuli juma kuni AQShning Atlantik qirg‘og‘iga hujum qildi va darhol zaiflasha boshladi. Endi uning maqomi bo‘ronga tushirildi. Shamol xavfi sezilarli darajada kamaydi - soatiga 75 kilometrdan oshmaydi. Biroq, kuchli suv toshqini xavfi mavjud. Chunki bo‘ron katta miqdorda yog‘ingarchilik olib keldi. Shimoliy va Janubiy Karolina shtatining 27 mingdan ziyod aholisi vaqtinchalik boshpana topishlariga to‘g‘ri keladi. Yuz minglab insonlar yorug‘liksiz qoldi. Taxminan 523 mingta uy va korxonada elektr toki o‘chib qolgan.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 06:00 20.09.2018. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!