Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda dahshatli dovul: 2,7 milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi

AQShda dahshatli dovul: 2,7 milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi

«Isaias» tropik dovuli AQShning sharqiy sohillarida 2,7 milliondan ortiq odamni elektrsiz qoldirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Dovul sakkiz shtatni qamrab oldi. Eng ko‘p zarar ko‘rgan Nyu-Jersi shtatida 1,3 milliondan aholi elektrsiz qolgan. Shimoliy Karolinada 303 mingdan ortiq kishi, Virjiniya shtatida 347 mingdan ortiq, Merilendda 43,8 mingdan ortiq kishi elektrsiz qolgan.

Bundan tashqari, 4 kishi haloq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Isaias» dovuli 3 iyul kuni kechqurun Shimoliy Karolinaning qirg‘oqlaridan boshlangandi. Hozirgi paytda u ancha zaiflashgan.

Kiritildi: 13:30 05.08.2020. O'qildi: 2340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!