Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, qurol bolaning ota-onasidan biriga tegishli bo‘lgan. U polisiya xodimi bo‘lib, hodisadan so‘ng huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlangan.
Polisiya voqeani qasddan qilingan harakat deb hisoblamayotganini bildirdi. Shu bilan birga, xodimlar o‘z qurollari boshqa shaxslar qo‘liga tushmasligi uchun zarur ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishi kerakligini ta’kidladi.
Ehtimoliy baxtsiz hodisaning oldini tarbiyachining hushyorligi olgan. U pistoletni o‘z vaqtida payqagan.
Hodisadan keyin bog‘chada xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Jumladan, bolalarning sumkalari tekshirilishi rejalashtirilgan.